Joriy yilning 4-15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida joylashgan so’lim «Lochin» oromgohda Harakatning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilot yetakchilarining III respublika forumi bo'lib o'tdi.
Oromgohning go’zal tabiati, musaffo havosi ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Bu ko’tarinkilik ularga yanada ko’proq shijoat bag'ishladi.
Ushbu forumda Respublikamizdan Harakatning 80 nafar yetakchilari qatnashdilar.
Forum doirasida yetakchilar uchun malakali ustozlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu forumning yana bir ahamiyatli tomoni forum doirasida yetakchilar nafaqat o'zlariga kerak bo'lgan bilimlarni oldilar, shu bilan birgalikda ular Respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalardagi boshlang'ich tashkilot uchun yaratilgan sharoitlar, boshlang'ich tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar haqida fikr almashib qaytdilar.