avatar
Куч
2323.32
Рейтинг
+900.50

''Kamolot'' YIH TIU BT

Мақолалар

"Odam savdosi-davr muammosi”

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
«Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini „Yozni “Kamolot” bilan” loyihasi doirasida mahallalarda tashkil etish maqsadida  2015-yil 15-iyun kuni Olmazor tumanidagi Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litseyda yangi metodik dastur asosida „Istiqbolli avlod” yoshlar axborot markazi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda oily ta’lim muassasalarining eng faol talabalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollej va akademik litsey yetakchilaridan iborat targ‘ibotchi guruhlar uchun maxsus o‘quv seminar tashkil etildi. Ushbu o'quv seminarda “Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent islom universiteti boshlang'ich tashkiloti faollari ham ishtirok etdilar.


"Kamolot" stipendiyasi tanloviga hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
«Kamolot» stipendiyasi tanloviga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.Hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 15-20-iyun kunlari davomida amalga oshiriladi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun
«Kamolot» stipendiyasi tanlovi nizomi
I. Umumiy qoidalar
1.1.«Kamolot» stipendiyasi — talabalar (bakalavr, magistr)ga o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi yoki hudud (tuman, shahar, viloyat)da «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini samarali tashkil etishdagi faolligi, tashabbuskorligi, Harakat tomonidan amalga oshirilgan loyihalarda ishtirok etib, faxrli natijalarga erishganligi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va huquqiy savodxonligiga qarab beriladigan rag‘batlantiruvchi mukofotdir.

Тошкент ислом университетида “Веб-сайт яратиш” бўйича семинар-тренинг бўлиб ўтди

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
           2015 йил 29 майда Тошкент ислом университетида малакали мутахассис-тренерлар Фарангиз Раззоқова ва Екатерина Горбуновалар билан бирга “Веб-сайт яратиш”  бўйича тренинг бўлиб ўтди. Тренинг асосан 5 қисмда ўтказилди:


“Tafakkur sinovlari”: Mustaqil va erkin fikrlaydigan yoshlar bellashuvi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
Joriy yilning 23-may kuni Toshkent Davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 40-sonli bayoni ijrosini ta'minlash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularning siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash va nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida „Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi tashkil etildi.

Кексаларимиз иззатда

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент ислом университети бошланғич ташкилоти томонидан ташкил этилган ҳаракат аъзолари ва фаолларидан иборат “Нуронийлар эъзозимизда” номли навбатдаги патронаж ёшлар гуруҳлари Шайхонтоҳур тумани “Кох ота” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи Мушаррафая Абидоваҳамда Нуриддин ота Салимсоқовларҳолидан хабар олиб қайтдилар.
 – Юртимиз тинч, хотиржам, дастурхонимиз тўкин, – дейди Нуриддин ота. – Кексаларга ҳурмат кўрсатилаётгани бизни мамнун қилаётир. Кўрсатилаётган эътибор ва ғамхўрлик учун Юртбошимиздан беҳад миннатдормиз.

Millatlararo qadriyatlarni qadrlaymiz

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Куни кеча Тошкент ислом университетида “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент ислом университети Бошланғич ташкилоти ҳамда “Тарих” кафедраси томонидан ташкил этилган «Миллатлараро дўстлик клуби»нинг Ўзбекистон ва Озарбайжон халқлари дўстлигига бағишлаб ўтказган маданий-маънавий тадбири бўлиб ўтди.

“Тафаккур синовлари” республика танлови

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
«Тафаккур синовлари” республика танловини ўтказиш тартиби тўғрисидаги
НИЗОМ
Мазкур Низом олий таълим муассасаларида таҳсил олувчи талабалар ўртасида „Тафаккур синовлари” республика танловини (бундан кейинги ўринларда танлов деб юритилади) ўтказиш тартибини белгилайди. I.Умумий қоидалар 1.1.Танловда иштирок этадиган олий таълим муассасалари рўйхати, ҳудудий босқичнинг ўтказилиш жойи ва муддати ушбу Низомнинг иловасида келтирилади. 1.2.Танловталабаларнинг назарий билимларини янада мустаҳкамлаш ва амалий кўникмаларини ривожлантириш, уларни мамлакатимизда амалга оширилаётган ижтимоий-иқтисодий, сиёсий, суд-ҳуқуқ соҳаларида амалга оширилаётган ислоҳотларнинг мазмун-моҳияти билан таништириш, сиёсий-ҳуқуқий билим даражаси юқори, иқтидорли ёшларни аниқлаш, жамият ҳаётидаги ижтимоий фаоллигини ошириш, фаол фуқаролик позициясини мустаҳкамлаш, назарий билимларини ҳаётга татбиқ этиш кўникмаларини шакллантириш ва ўз иқтидорларини намойиш этиш учун имконият яратиш ҳамда рағбатлантириш мақсадида ташкил этилади. II.Танловни ташкил этиш ва ўтказиш 2.1.Танловда Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида жойлашган олий таълим муассасаларининг талабаларидан иборат гуруҳлар иштирок этади.

“Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovi e’lon qilindi

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda „Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovini e’lon qiladi.

“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi aynan siz uchun!

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан


 


O‘zbekiston «Kamolot” YIH tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshchiligidagi mamlakatimining bir qator yetakchi tijorat banklari „Mikrokreditbank”, “Agrobank”, „Qishloq qurilish bank” “Ipotekabank” „Asakabank”, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”, „Xalq banki”, “Milliy bank”, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Fermerlar Kengashi, Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan „Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi aynan siz uchun!


Президент сайловининг дастлабки натижалари эълон қилинди

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

 


Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ёритиш бўйича Республика матбуот марказида мамлакатимиз ва хорижий оммавий ахборот воситалари вакиллари учун матбуот анжумани бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловининг дастлабки натижалари ҳақида ахборот берилди.


Марказий сайлов раиси М. Абдусаломов қайд этганидек, 29 март куни Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови миллий сайлов қонунчилигимиз талаблари ва халқаро ҳуқуқнинг умумэътироф этилган демократик тамойиллари асосида очиқ ва ошкора ўтказилди.


Сайловчилар рўйхатига киритилган 20 миллион 798 минг 52 нафар сайловчидан 18 миллион 942 минг нафар фуқаро овоз беришда иштирок этди. Бу рўйхатга киритилган сайловчилар умумий сонининг 91,08 фоизини ташкил этади. "Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида«ги Қонуннинг 35-моддасига мувофиқ, Президент сайлови ўтган, деб ҳисобланади.


Сайлов жараёни давомида қонунчилик талаблари ва нормаларининг бузилганлиги ҳақида ахборотлар келиб тушмади.


Universitetimizda “Quiz show” 3-saralash bosqichi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875-sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga muvofiq, respublikamiz ta’lim maskanlarida ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan tarzda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, turli musobaqa, tanlov va tadbirlar amalga oshirilib, yosh avlodning bu tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish va o‘rganishi uchun ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Yurtimda Navro’z!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Hozirgi kunda o'lkamizda fasllar kelinchagi­­ ­– bahor shodiyonalari keng nishonlanmoqda.


 



 


Yangilanish, yasharish va nafosat ramzi, milliy xalq qadriyatlari va bayramlarining gultoji bo'lmish Navro'z ayyomi kirib keldi. O’zbek elida bu bayramga qaratilgan e’tibor juda katta. Xalqimiz orasida o’tkazilayotgan sayillar va tadbirlar bu bayramga o’zgacha hurmat va ehtirom ila kutib olinishi hech kimga sir emas. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlagandek, «Navro'z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimiz mangulik ifodasi, tasdig'idir.»


Aziz yoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok eting!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

 


     Aziz yoshlar! 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok eting!  


     «Vatan kelajagi — sening qo‘lingda!” shiori ostidagi rasmlar tanloviga topshirilgan ijodiy ishlardan namunalar:


 www.kamolot.uz/2015/03/10/aziz-yoshlar-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-saylovida-faol-qatnashing.html


“Kamolot”dan yashil chorlov”: “Biz yaxshi ish qildik. Siz-chi?”

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан

 
 
Aziz yoshlar! ''Kamolot«dan yashil chorlov''! (''Kamolot’s Green Challenge'') ekologik tanlovi e'lon qilinadi! Tanlov parallel ravishda, turli tizimlar doirasida bir vaqtda olib boriladi. Bularga Respublika oliy ta'lim muassasalari (79 ta OTM), Kamolot YIHning mahalliy Kengashlari (193 ta tuman va shaharlar) va O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari) tizimlari kiradi!