avatar
Куч
2323.32
Рейтинг
+900.50

''Kamolot'' YIH TIU BT

Мақолалар

Hashar-elga yarashar!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Mustaqillik yillarida ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish,obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish xalqimizning ezgu an'analaridan biri bo‘lib qoldi.


 



 


Ona zaminimizga fasllar kelinchagi bahorning kirib kelishi bilan jannatmakon yurt sanalmish O`zbekistonimizning tabiati, dalalari, qir-u adirlari, kundan-kun yashil libos kiyib chiroy ochib bormoqda. Bu go`zallikni ko`rgan har bir insonning ko`zi va dili quvnamasdan iloji yo`q. Bahor fasli kelishi bilan barcha bobodehqonlarimiz qo`llariga ketmon dastalarini olib qir-u dalam qaydasan deb, bog` yaratish maqsadida yo`lga otlanishadi.


 


Тошкент ислом университети профессор-ўқитувчилари билан ҳамкорликда давра суҳбати бўлиб ўтди

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

     “Дунёда ядровий технологиялар ва оммавий қирғин қуролларига эгалик қилиш, сиёсий ва диний радикализм, экстремизм, оғуфурушлик, этник ҳамда миллатлараро зиддиятларнинг авж олишида ахборот-коммуникация технологияларининг ўрни”


     Бугунги кунда диний экстремизм ва терроризм ҳозирги дунёнинг глобал муаммоси экани ҳеч кимга сир эмас. Шу сабабдан ҳам оламдаги барча маърифатпарвар кучлар қатори Ўзбекистонда ҳам унга қарши курашнинг турли кенг миқёсдаги фаолияти олиб борилмоқда. Ушбу глобал муаммо юзасидан олий ўқув юртларида жуда кўплаб давра суҳбатлари ташкил этилмоқда.



“Аёл борки, олам мунаввар”

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


     Жорий йилнинг 7 март санасида Тошкент ислом университетида Информатика ва ахборот технологиялари кафедраси билан ҳамкорликда 8 март – Халқаро хотин-қизлар куни ҳамда ўзбек шоираси Зулфияхоним таваллудининг 100 йиллиги муносабати билан “Аёл борки, олам мунаввар” номли маънавий-маърифий байрам тадбири ўтказилди.


8-mart. Tarixga nazar

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


     Bahor — bayramlar bilan boshlanadi. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki… Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.


     Ma’lumotlarga ko‘ra, «ayol” arabcha so‘z bo‘lib, „oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8-martga nisbatan “ayol” so‘zi emas, balki xotin-qizlar degan so‘z keng qo‘llaniladi.


Toshkent islom universitetida “Kamolot kubogi” finali

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

     Yurtimizda yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, ularning sog`liq-salomatligini mustahkamlash, umuman barkamol avlod shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, yurboshimiz I.Karimov, “Yurtimizda yashayotgan har bir bolaning o`ziga xos qobiliyati va iste'dodini o`z vaqtida payqash, tarbiyalash va ro`yobga chiqarish — bu o`ta muhim vazifani nafaqat ota-onalarning ezgu maqsadi, balki jamiyatimizning burchi sifatida o`rtaga qo`yish kerak.” deganlar. Shu maqsadda sport va sog’lom turmush tarziga alohida e’tibor qaratilmoqda.


YETTI XAZINA (Mashhur yettiliklar xotima)

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

   


 


 


    Xalqimizning ma’naviy va madaniy merosi shunday boy ummonki, unga qancha chuqur sho‘ng‘iganing sayin yanada noyob javohirlarga duch kelaverasan. Buyuk bobokalonlarimiz dunyo tamadduniga nafaqat o‘zining ilmiy salohiyati bilan, balki yuksak insoniy odob-axloqi, madaniyati bilan ham katta hissa qo‘shganlar.


Tabiat va jamiyat bir-biridan ajralmasdir. Shuni chuqur anglagan ajdodlarimiz tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lgan. Buni yetti sohani, jumladan, sigir (chorvachilik), asalari (asalarichilik), ipak qurti (ipakchilik), objuvoz (yog‘-moy ishlab chiqarish), tegirmon (novvoychilik), o‘rmon (duradgorlik), tovuqni (parrandachilik) bir-biri bilan hamohang tarzda boshqara olgan dono, ishbilarmon kishilarnigina boy, bek deb ataganlari misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Chunki, mazkur sohalar bir-birini to‘ldirishi bilan birga tabiatni tozalab borish xususiyatiga ham ega.



MASHHUR YETTILIKLAR 3-qism

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


Qadimgi greklarning yetti donishmandi


        Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari «yetti donishmandlar»dir: 


 


1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr) 


2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr) 


3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr) 


4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan) 


5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570) 


6. Afinalik Solon 


7. Miletlik Fales



“Kamolotda biznes klub” davom etmoqda

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан

     Barchaga ma’lumki joriy yilning 12-fevral kuni «Kamolotda biznes klub” loyihasi seminar-treningda yosh tadbirkorlar tomonidan juda ko’p e’tirof etilayotgan »Tadbirkorlar tomonidan davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga olish masalalari” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi va treningda ular o’zlariga muhim bo’lgan muammolarni amaliy va nazariy jihatdan tahlil qilish hamda bugungi kundagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Seminar trening davomida yosh tadbirkorlarimizni qiziqtirayotgan investitsiya va kredit olish bo’yicha «Investitsiya yoki kredit: qaysi afzal” mavzusida biznes trener Azizbek Bobomurodov tomonidan trening o’tkazildi. Seminar-treningda 52 ta ishtirokchi qatnashdi. Trening davomida tengdoshga usuli asosida ishtirokchilarimiz orasidan ko’ngilli yoshlarimiz ishtirokchilarni qiziqtirayotgan mavzular yuzasidan seminar-trening o’tkazishmoqda.


 



Буюк сиймолар сийрати

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

     Барчамизга яхши маълумки, феврал ойида юртимизда буюк мутафаккир алломаларимизнинг таваллуд айёмлари чуқур эхтиром билан нишонланади. Юртбошимиз ўз нутқларида: “… Навоий, Улуғбек, Бобур, Машраб, Фурқат, Қодирий ва халқимизнинг бошқа буюк фарзандлари… Уларнинг мероси Ўзбекистон халқлари умуминсоний қадриятларининг равнақи ва бойишига хизмат қилиб келган эди ва бундан буён ҳам хизмат қилади.


 



 


Батафсил: www.tiu.uz

Boshlang'ich tashkilot yetakchilarining Toshkent shahar Forumi

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан


 


     Joriy yilning 10-fevral sanasida «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkilot yetakchilarining  Toshkent shahar Forumi tashkil etildi. 


     »Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi, Xalq ta`limi boshqarmasi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan Harakatning boshlang`ich tashkilot yetakchilarining Toshkent shahar Forumida poytaxtda joylashgan 675 ta ta`lim muassasasi boshlang`ich tashkilot yetakchilari ishtirok etishdi.



ИШИД фитнаси

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

     Минг афсуски, ҳамон дунёнинг айрим ҳудудларида қонли тўқнашувлар, тўс-тўполонлар содир бўлмоқда. Айниқса, Ироқ ва Суриядаги динимиз душманлари қўлида қўғирчоқ бўлаётган бир тўда террорчилар томонидан қилинаётган қўпорувчиликлар, қатлиомлар ва босқинчиликлар ҳар қандай кишининг қалбини ларзага солади.



 


   


Alisher Navoiy devonlari

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy me’rosini 4 faslga bo’lish mumkin:


    1. Devonlari;


    2. Dostonlari;


    3. Forsiy tildagi she’riy me’rosi;


    4. Ilmiy – filologik, nasriy va tarixiy asarlari.


 


Alisher Navoiyning 8ta devoni bor:


  1. “Ilk devon”

  2. “Badoe’ ul-bidoiya” – “Badiiylik ibtidosi”

  3. “Navodir un-nihoya” – “Behad nodirliklar”

  4. “G’aroyib us-sig’ar” – “Yoshlik g’aroyibotlari”

  5. “Navodir ush-shabob” – “Yigitlik nodirliklari”

  6. “Badoe’ ul-vasat” – “O’rta yosh badialari”

  7. “Favoyid ul-kibor” – “Keksalik foydalari”

  8. “Devoni foniy” – “Foniy devoni”.


 


 



“Kamolot”ning eng katta loyihalaridan biri boshlandi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

         Har yili “Kamolot” YIH va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorlikda yoshlarni sog’lom turmush tarziga targ’ib qilish, sportga kengroq jalb qilish maqsadida oily ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida futbol bo’yicha “Kamolot kubogi” tashkil etilinib kelinadi. Eng e’tiborli jihati musobaqa guruhlar o’rtasida boshlanib Respublika darajasidagi final bosqichi bilan yakunlanadi. Demak talabalarning musobaqada aniq maqsadlari bor.


         Toshkent islom universitetida kuni kecha “Kamolot kubogi”ning 1-bosqichiga start berildi. Musobaqaning 1-turidan o’rin olgan 10 ta uchrashuvning 5 tasi bo’lib o’tdi. Katta qiziqish bilan kutilgan va qizg’in tayyorgarlik bilan boshlangan o’yinlar hech kimni befarq qoldirmadi. Buning asosiy sabablaridan biri universitetda qurib bitkazilingan yangi sport maydonchasida o'tkazilganligidir. Universitetda o’tkazilinayotgan musobaqa yakunida universitet terma jamoasini tuzish rejalashtirilgan. Musobaqa boshlanishidan ikki kun avval bo’lib o’tgan qur’a tashlash marosimida umumiy hisobda 58 ta o’yin uchun tayyorgarlik ko’rilgan.


          



 


"Kamolot" YIH Toshkent shahar Kengashining kengaytirilgan Kengash yig'ilishi: 2014-yil sarhisobi va 2015-yil rejalari

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан
        2015-yilning 5-fevral kuni «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi binosida Toshkent shahar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.                                                   Unda „Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi Bahodir Ganiyev, hamkor tashkilot vakillari, harakatning mas’ul xodimlari, harakatning faol yoshlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.                                                                                                                              Harakat tomonidan 2014-yil davomida 7644 ta tadbirlar tashkil etildi hamda 1 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi. Shundan 1800 tasi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 2100 tasi ma’naviy-ma’rifiy, 1200 tasi tadbirkorlikni rivojlantirish, 1000 tasi iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, 1500 tasi sport va sog’lom turmush tarzini targ’ib etish yo’nalishida o’tkazildi.                                                 Kengash majlisida Harakatning shahar va tuman Kengashlari tomonidan 2014-yil davomida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti tinglanib, erishilgan yutuq va yo’l qo’yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi. Qolaversa, 2015-yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar muhokama qilinib, aniq qarorlar qabul qilindi.                                                                                                                                                    “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashining o’tgan 2014-yildagi olib borgan ishlari haqida shuningdek, amalga oshirilishi zarur bo’lgan navbatdagi vazifalar bo’yicha „Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi Bahodir Ganiev o’z takliflarini bildirdi. 

“Munozara” to‘garaklarining respublika turniri davom etmoqda

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан

     Haqiqat — bahslarda tug‘iladi, deyishadi. Bahsga esa faqatgina kuchli bilim, puxta tayyorgarlik va yuksak salohiyatga ega insonlargina kirisha oladi.


 


    «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Fanlar akademiyasi va Davlat boshqaruvi akdemiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 5-7 fevralьkunlari Toshkent moliya institutida Harakatning hududiy Kengashlari qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan „Munozara” to‘garaklari jamoalari o‘rtasida respublika turnirining maqsadi ham ana shunday yoshlarni kamol toptirish.


 


      Mazkur musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 -yil 6-fevraldagi PQ-2124-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi dasturining 37-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.


 


     Ishtirokchilar uchun birinchi kun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sayohat uyushtirildi va Milliy kutubxonaning a’zolik guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

    Keyingi kunlarda esa 8 guruhda „Munozara” respublika turnirining saralash bosqichlari, chorak, yarim final va so‘nggi kunda final o‘yinlari o‘tkazildi.


 


     Bugungi kunda joylarda “Munozara” to‘garalariga jalb qilingan 2000 nafardan ortiq o‘quvchi va talabalar o‘rtasida»Yoshlar o‘rtasida erta nikoh qurish va uni oldini olishda jamoatchilikning o‘rni”, «Yoshlar va kitob”, „Yoshlar va internet”, “Ommaviy madaniyat milliy madaniyatning kushandasi”, „Ijtimoiy tarmoqlar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirdi”, “Internet kitobdan foydali”, „Boshlang‘ich tashkilotning yoshlar hayotida tutgan o‘rni” va “Ommaviy madaniyatning jamiyatga ta’siri” kabi bir qator mavzularda muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.


 


Batafsil (rasmlar bilan): kamolot.uz

Alisher Navoiy ijodidan

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
Koʻrgali husnungni zoru… 

 


Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,


Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.


 


Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,


Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.


 


Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,


Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.


 


Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,


Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.


 


Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,


Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.


 


Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,


To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.


ISLOMSHUNOSLIK ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан


 


 


Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 йил 7 apreldagi «Toshkent islom universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-2282 sonli Farmonining 6-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 6 maydagi 224-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan.


Markazning asosiy vazifalari:


• islomshunoslikka oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq etish va nashr qilish;


• ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur oʻrganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka etkazish;


• jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan oʻrnini tadqiq etish, rivojlanish yoʻnalishlari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;


• mintaqa va xalqaro doirada yuz berayotgan zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish.


 


Batafsil: www.tiu.uz